MARKAZIY OSIYODA GAT – GISCA 2020 AN’ANAVIY XALQARO KONFERENSIYA

MARKAZIY OSIYODA GAT – GISCA 2020 AN’ANAVIY KONFERENSIYASI

DSINGIS GI 2020 XALQARO KONFERENSIYASI

"Barqaror rivojlanishda amaliy Geoinformatika", 1-3 iyun, 2020 yil

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent, O’zbekiston.

AXBOROT XATI

Har yili o'tkazilib kelinayotgan "Markaziy Osiyoda GAT" konferensiyasi - GISCA 2020, 2020 yilning 1-3 iyun kunlari navbatdagi Toshkent shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan konferensiya uchun maqolalar qabul qilishning so’nggi muddati boshlanganini e’lon qiladi. Ushbu ingliz tilida o’tkaziladigan anjumanining asosiy vazifalari Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning GAT sohasidagi akademik, professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va mutaxassislarini bir joyga to'plash hamda GAT ta'limida xalqaro hamkorlik va bilimlar almashinuvini rag'batlantirishdan iborat.

2020 yilda GISCA konferensiyasi "Barqaror rivojlanishda amaliy Geoinformatika" mavzusiga qaratilgan. Geografik axborot fani nazariy asos sifatida, Geoinformatika metodologiya sifatida va GAT dasturiy texnologiyalar sifatida axborotni turli manbalar orqali joylashtirish uchun kuchli vositalardir. Bu bizning muhit va tabiiy resurslarimiz, iqtisodiyotimiz va oxir-oqibat jamiyatimizni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo'lgan narsadir.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

  • mintaqaviy barqaror rivojlanishda GAT;
  • fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini boshqarishda GAT;
  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda GAT;
  • suv resurslarini boshqarishda GAT;
  • qishloq xo'jaligida GAT;
  • geodeziya, kadastr va yer tuzish sohasidagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar;
  • geoinformatika sohasida kasbiy va masofaviy ta’lim;
  • gidrotexnika qurilishi va melioratsiya sohasida GAT;
  • qishloq va suv xo'jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda GAT.

GISCA 2020 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) tomonidan Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience) hamda Vengriyadagi Obuda Universitetining Alba Regiya Texnika fakulteti bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda. Mazkur konferensiya “Trimble International”, Koreyaning “GeoTwo” hamda Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o'rganish markazi (RCEECA CAS) kabi ishlab chiqarishdagi hamkorlar ko'magida o'tkaziladi. GISCA konferensiyalari va ularning nashrlari Eurasia-Pacific Uninet va Avstriya Fanlar akademiyasining GAT fanlari komissiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ACA*GIScience tomonidan boshqarib kelinadi. Konferensiya Geoinformatika sohasi bo’yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardan qo'shimcha homiylikni kutib qoladi.

Konferensiya hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan faol ishtirok etish mumkin. Taqrizdan o’tgan va konferensiyaga qabul qilingan ilmiy maqolalar Scopus xalqaro bibliografik va abstrakt ma'lumotlar bazasiga kiritiladigan konferensiya to’plamida chop etiladi (https://www.e3s-conferences.org/). Shuningdek, tanlab olingan eng yaxshi maqolalar Xalqaro Geoinformatika jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi (http://e-geoinfo.net).

Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo’lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Konferensiya ilmiy kengashi qatnashchilarining ilmiy maqolalarini taqrizdan o’tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.

Ushbu axborot xatini GAT bo’yicha qiziqqan barcha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz. Maqolalarni qabul qilish 2020 yilning 15 apreliga qadar amalga oshiriladi. Bir nafar muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi. GISCA 2020 dan ro'yxatdan o’tish, konferensiya dasturi va viza olish tartiblari haqida barcha ma'lumotlarni konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifasi orqali olishingiz mumkin: https://gisca20.wordpress.com.

COVID-19 tufayli mazkur konferensiya barcha xorijlik ishtirokchilar uchun munozaralar uchun qulay bo’lgan tegishli platformadan foydalangan holda telekonferensiya sifatida o'tkaziladi. Agar vaziyat ijobiy tarafga o’zgarsa, TIQXMMIda konferensiyada shaxsan ishtirok etish uchun ham taklif etilishi mumkin. Qo'shimcha ma'lumotlar konferensiya veb-sahifasida 2020 yil may oyida e'lon qilinadi.

Maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari

  1. Iltimos, maqolangizni (6-10 bet) taqdim etilgan namunadan foydalangan holda tayyorlang.
  2. Maqolangizni quyidagi EasyChair platformasi orqali topshiring: https://easychair.org/conferences/?conf=gisca2020
  3. Quyidagi Easy Chair platformasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmani yuklab olib, yaxshilab tanishib chiqing: https://gisca20.wordpress.com/call-for-papers/ 
  4. Konferensiya kengashi tasdiqini kuting.

Iltimos, avval nashr etish etikasi bilan batafsil tanishib chiqing. (Elsevier tavsiyalari va COPEning jurnal muharrirlari uchun eng yaxshi amaliy qo'llanmalari). Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko'rib chiqiladi.

Iltimos, ishingizni tashkil etishda IMRAD modelidan foydalaning. Maqolaning quyidagi qismlari majburiy hisoblanadi:

Sarlavha (maqolaning nomi)

Sarlavha 7ta so’zdan oshmasligi lozim (bog’lovchi, birikma va artikllarni hisobga olmagan holda).

Sarlavha fe’llardan iborat bo’lmasligi lozim.

Sarlavhada quyidagi so’zlar ishtirok etmasligi lozim: analysis, research, study, to the question, new, problems, questions, some, features, special, from the point of view, application, search, definition, modern, current, solution, best, most / least profitable, optimum, most va boshqa shu kabi so’zlar.

Annotatsiya

Annotatsiya maqolaning o’zisiz uni namoyon qilib berishi lozim.

Annotatsiya maqola kabi bir xil tuzilishga ega bo’lishi va muammoning dolzarbligi, maqsad, usullar, natijalar, xulosalardan iborat bo’lishi kerak. Annotatsiya 200-250 ta so’zlardan iborat bo’lishi lozim.

Kirish

Ushbu bo’limda ishning maqsadi va uning kelib chiqishi haqida ma'lumotlar bo'lishi kerak. Bu adabiyotlarni ko'rib chiqishga asoslangan bo'lishi zarur. Adabiyotlarni ko'rib chiqishda o'zingizning mintaqangiz va uning asosiy mualliflari va asarlariga tegishli vakolatlarni ko'rsatishingiz kerak. Shu bilan birga, siz barcha mumkin bo'lgan havolalarni emas, balki faqatgina sizning mavzuingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lganlarini keltirishingiz lozim. Tavsiya etilgan adabiyotlar soni 5-10ta.

Metodlar

Ushbu bo'limda tajriba qilish  tafsilotlari va natijalarni olish metodlari (usullari) ko'rsatilishi kerak.

Natijalar

Ushbu bo’limda zarur bo'lgan hollarda raqamlar va jadvallar yordamida ma'lumotlarni aniq va lo’nda taqdim etish kerak.

Muhokama

Ushbu bo'limda natijalar orqali ko'rsatilgan munosabatlar va umumlashtirish tavsiflangan bo'lishi kerak va oldin nashr qilingan ishlar bilan taqqoslash natijalarining ahamiyati haqida so'z yuritilishi lozim.

Xulosalar

Bu yerda asosiy xulosalar ro’yxati taqdim etiladi. Bu natijalarni takrorlamasligi, balki umumlashtirishi lozim.

Minnatdorchilik

Bu yerda shaxsiy minnatdorchiliklar, shuningdek moliyalashtirish to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

Adabiyotlar ro'yxati maqolaning eng muhim qismlaridan biri ekanligini yodda tutish zarur. Siz o'zingizning ilmiy ishingiz bo’yicha qilingan ishlarni va uning asosiy mualliflari hamda asarlarini ko'rsatishingiz kerak. Shu bilan birga, siz majvud barcha havolalarni emas, balki faqatgina mavzuingiz bilan bog'liq bo'lgan havolalarni keltirishingiz lozim.

Tavsiya etilgan adabiyotlar soni 20 ta.

Iqtibos etilgan hujjatlar nisbatan yangi, dolzarb va ochiq bo'lishi kerak. Scopus yoki Web of Science ma'lumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy nashrlar adabiyotlar ro'yxatining asosiy qismini tashkil qilishi kerak. Malumotlar ro'yxati aniqligi tekshiriladi. Havolalar Crossref orqali faqat to'g'ri va to'liq bo'lsagina bog’lanishi mumkin.

RO'YXATDAN O’TISH VA TO'LOVLAR

Iltimos, loyiha saytidagi (https://gisca20.wordpress.com) yoki quyida ilovadagi ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldiring va gisca2020@aca-giscience.org elektron manziliga yuboring. Ro'yxatdan o’tish to'lovi ro'yxatga olish stolida (registratsiya) naqd pulda yoki quyidagi bank hisob raqamiga to'lanishi mumkin:

Bank nomi: “ASAKA” bank Toshkent filiali

Bank manzili: A.Qaxxor ko’chasi, 73, 100015, Toshkent, O’zbekiston

Hisob raqami egasi nomi: TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISHLARI INSTITUTI

Hisob raqami egasi manzili: Qori Niyoziy, 39, 100000, Toshkent, O’zbekiston

IBAN (Xalqaro bank yoki hisob raqami):    20203840300174799001 (AQSH dollari)

                                                                   20203978100174799001 (Yevro)

BIC (Bank identifikatsiya kodi) / SWIFT kodi: ASKBUZ 22

GISCA 2020 GA RO’YXATDAN O’TISH TO’LOVI MIQDORI

MDH mamlakatlari ishtirokchilari uchun

Boshqa ishtirokchilar

Ishtirokchi

$75

120

Ishtirokchi (60+)

$70

105

Magistrant va doktorantlar

$50

105

Hamrohlik qiluvchi shaxs

$65

85

Ro'yxatdan o'tish to'lovi konferensiya to’plamining bir nusxasi, tarqatma materiallar, tushlik va kofe breykni o’z ichiga oladi, lekin mehmonxonada yashash hamda mahalliy transport uchun to'lovlarni o'z ichiga olmaydi.

Ro'yxatdan o'tish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, GISCA 2020 konferensiya kotibiga murojaat qiling.

Sizni Toshkentda GISCA 2020 da kutib qolamiz!

GISCA 2020 konferensiyasi tashkiliy qo'mitasi nomidan:

Konferensiya kotibi: Ilhom Abdurahmanov, ilhom.isakovich@gmail.com

Tel.: +998712371909, Fax: +998712373879

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  (TIQXMMI)
Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON

GISCA 2020 RO'YXATGA OLISH SHAKLI

(onlayn ro’yxatdan o’tish: https://gisca20.wordpress.com/registration/

Ism:

Familiya:

Ilmiy daraja:

Lavozim:

Tashkilot:

Manzil:

Shahar:

Pochta indeksi:

Mamlakat:

Telefon:

Faks:

Elektron pochta:

Mehmonxona buyurtmasi:

Ha, iltimos, menga mehmonxonadan joy buyurtma qilishda yordam bering €

Yo’q, turar joyni o’zim topaman 

Taqdimot/ilmiy maqolaning nomi:

Muallif(lar):

Iltimos, to’ldirilgan shaklni gisca2020@aca-giscience.org ga yuboring